O'ninchi sir 
ISHONCH QUVVATI
Yigit keksa xitoylik bilan uchrashib, Haqiqiy Muhabbat sirlari to'g'risida birinchi bor eshitganiga bir oydan oshdi. Uning hayoti yaxshi tomonga o'zgarishiga hech qanday gumonlar yo'q edi... lekin u hali ham yolg'iz edi, doimo yagona o'ziga xos munosabatlar topishga umid qilgan niyatiga hali yaqinlashmagan ham edi. U hali ham ba'zan ularni topishidan shubhalanardi. Uni qayerdadir kimdir kutayotganiga ishongisi kelardi-yu, lekin bunga o'zi shunchaki kafil bo'lolmasdi.
Ro'yxatdagi so'nggi Doris Kuper, keksaygan ayol edi. U shahardan yigirma chaqirim shimol tomondagi qishloqdagi uncha katta bo'lmagan uyda yashardi. Yigitcha erta tongda mashinada yo'lga tushib, u yerga 45 daqiqada yetib bordi.
Kuper xonim 87 yoshga chiqqan bo'lishiga qaramay, oilaviy maslahatchi sifatida hali ham ishlardi. U g'ayratli ayol bo'lib, bardam va o'z ishini g'oyat sevishi ayon edi. Ko'p jihatlari bilan u yigitchaga keksa xitoylkni eslatardi. U tabassumi keng, dengiz to'lqini rangidagi ko'zlari salomatligi yaxshiligidan chaqnab turardi. Unda qandaydir tanish jihatlar bor edi. Yigitcha uni avval qaydadir ko'rganiga ishonchi komil edi, lekin qayerdaligini aniq aytolmadi.
Kuper xonim yigitchani bag'rini ochib kutib oldi.
Kelganingiz uchun rahmat,  dedi u.  Yaxshi yetib keldingiz deb umid qilaman. - Juda zo'r. Yo'lga bir soatdan kamroq vaqt ketdi,  uni ishontirdi yigitcha.
  Marhamat, kiring va o'zingizni uyingizdagidek his qiling,  dedi Kuper xonim, yigitchani uyga boshlab kirarkan.
 Siz juda ko'zimga issiq ko'rinayapsiz,  dedi
yigitcha.  Ilgari biror joyda uchrashmaganmizmi?
 Nazarimda, yo'q,  dedi Kuper xonim. 
Ba'zan ayollar uchun jurnallarga maqolalar yozib
turaman.
Kuper xonim yigitchani o'z xonasiga boshlab o'tdi.
  Biror nima ichasizmi?  so'radi u.  Bizda olmali va apelsinli sharbat, har xil choylar bor, qaysinisini tanlaysiz?
  Rahmat, agar mumkin bo'lsa, apelsinli sharbat ichardim,  javob berdi yigitcha.
Kuper xonim ichimlik keltirgani ketdi va yigitchani
yolg'iz qoldirdi. Xonani ko'zdan kechirgach, yigitcha
ikkita devordagi javonni to'ldirgan kitoblar miqdoridan
hayratga tushdi. Ulardan aksariyati ruhshunoslik, o'zaro
munosabatlar va muhabbat bilan bog'liq edi. Xona
devorlari iliq shaftolirang va o'rik ranglar bilan
bezatilgan, unda eman yog'ochidan yasalgan katta
stol, divan va uchta yumshoq stul bor edi. Ouyosh
chiqishi va okean manzaralari tasvirlangan rasmlar
osilgandi, nariroqdagi devorda esa katta bezakli
taxtachada yozilgan yozuvni yigitcha o'qiy olmadl Endi
o'rnidan turib, uni o'qib kelishga shaylanib turgan
chog'ida Kuper xonim ko'zada apelsin sharbati va ikkita
stakan qo'yilgan patnis ko'targanicha xonaga qaytib
kirdi. U yumshoq stulga o'tirib, yonidagi yigitchaga
sharbat to'ldirilgan stakan berdi.
- Haqiqiy Muhabbat sirlari to'g'risida ilk bor taxminan ellik yillar muqaddam bilganman,  dedi Kuper xonim, ular qarama-qarshi o'tirgach. - Turmushga chiqqanimga bor-yo'g'i ikki yilgina bo'lqandi, lekin o'zimni nihoyatda baxtsiz sezardim. Erim hatto bir damgina yolg'iz o'zimni qoldirishi menga yoqmasdi. Qanchalik kulgili bo'lmasin, mabodo oqshomni do'stlari davrasida o'tkazishni yoki yakshanba kuni bir partiya golf o'ynashni istasa, qattiq xafa bo'lardim. Nazarimda, u bu bilan mendan voz kechayotganday edi. Biz doimo shu xususda bahslashardik; agar u mensiz biror narsa qilmoqchi bo'lsa, go'yo u mendan o'zini tortayotgandek hisoblardim, u esa erkin nafas olishiga yo'l qo'ymayotganimni aytardi.
Bularning barchasi dengiz qirg'og'ida ikki kun orom olgan chog'imizdagi dam olish kunida yodimga tushib ketdi. Biz qaytganimizga o'n daqiqa ham bo'lmagandi, erim ko'hlikkina sariq sochli ayol, mehmonxona xodimasi bilan suhbatlashib turganini ko'rib qoldim. Tabiiyki, dilim siyoh bo'lib ketdi va mehmonxona foyesida dahshatli janjal ko'tardik  ba'zan o'zimdan chiqib ketaman. Yugurib ko'chaga chiqdim va mehmonxona yonidagi bog' bo'ylab yurib ketdim. Bog' nihoyasida dengizga qaragan o'rindiq bor edi. O'sha yerga o'tirib, yig'lab oldim. Biz munosabatlarimizni bir amallab yo'lga qo'yish uchun dam olishga chiqqandik, lekin o'n daqiqa o'tmay, urushib qolishga ham ulgurdik.
U yerda qanchalik uzoq o'tirganimni bilmayman, orqamdan bir ovoz dedi:
- Kechirasiz, ahvolingiz joyidami?
Men o'girilib qarab, yonimda turgan keksa xitoylikni ko'rdim.
Shivirlabgina javob berdim:Rahmat, hammasi yaxshi. U dengizga nigoh tashladi va dedi: U g'oyat ajoyib, to'g'rimi?. Men dengizga nazar tashlab, ufq to'q qizil rangga kirayotganini ko'rdim. Bu nihoyatda go'zal manzara edi, lekin kechki osmonni o'ziga munosib baholaydigan kayfiyatda emas edim. Haddan ziyod ruhim tushgandi. Shunda chol dedi:
Mening Vatanimda shunday gap bor: har bir kechinma o'zida hayotni boyita oladigan saboqni olib keladi.
Men indamasdim, u baribir gapini davom ettirardi.
Hatto o'zgalar bilan munosabatimizda muammolar bo'lsa-da, doim saboq bor, uni faqat topish kerak.
Men cholga qaradim. U, hoynahoy, erim bilan janjallashganimni eshitgan bo'lsa kerak.
Menga qarang,  dedim,  siz yaxshi niyatdaligingizga shubham yo'q, lekin aslida men...
Qachonlardir bir tanishim bo'lardi,  gapimni
bo'ldi u,  ajoyib ayol g'aroyib odamga turmushga
chiqdi. Ular bir-birlarini telbalarcha sevib qolgandilar, lekin bir necha yil o'tib, deyarli har kuni
janjallasha boshladilar. Muammoning mohiyati
nimadaligini bilasizmi? Ayol eriga ishonmasdi va shu
bois uni shaxsan o'ziniki qilib olish munosabati paydo
bo'ldi, ko'z o'ngidan yo'qolgan yoki boshqa ayollar
bilan gaplashgan zahoti rashk qila boshlarkan.
Oqibatda u erkin nafas olishga qo'ymasliklaridan
o'zini tuzoqqa tushgandek seza boshlabdi. O'zining
hadiklari bilan suygan kishisini o'zidan nari itarardi.
Nima sababdan bunday qilarkan?  - deb so'radim.  Ehtimol buning uchun asoslari bordir
Yo'q, hech asosi bo'lmagan. Eri uni aldamasdi. U shunchaki eridan ko'ngli xotirjam emasdi. Buni tushunish mumkin, ayolning otasi xotinboz bo'lgani bois onasini tashlab ketgandi. Uning umridagi eng muhim erkak uni va onasini tashlab ketgani sababli ayolning ong ortida boshqa erkaklarga ham ishonmaslik paydo bo'lgandi. Ko'ksimda qaynoq bir narsa shuv etdi va og'riq paydo bo'ldi. Chol go'yo mening hayotimni so'zlab berardi.
Siz qiziq bir narsani bilasiz,  dedi u,  munosabatlardagi qiyinchiliklarimiz ko'pincha bolaligimizdan asrab qo'ygan muammolar oqibati sifatida yuzaga keladi.
Ehtimo, haqdirsiz,  dedim men.  Biz barchamiz o'z bolalik kechinmalari hukmidamiz.
 Faqat o'tmish hukmida bo'lishimizga o'zimiz yo'l qo'ygandagina,  javob berdi u.  O'sha ayol nikohidagi o'z muammolaridan chiqargan muhim saboq ham shu edi. Kelajak xuddi o'tmish kabi bo'lishi shart emas. O'tmish qanday bo'lmasin, qanday hayotiy tajribaga ega bo'lmaylik, har birimiz o'zgarishga layoqatlimiz.
Undan o'sha ayol o'zgara oldimi, deb so'radim. Uning nikohi omon qoldimikan? Qariya ularning nikohi nafaqat omon qolgani, balki endigina turmush qurgan kunlaridagidan ziyodroq sevishib qolishganini aytdi.
U bunga qanday qilib erishdi?  so'radim men.
Haqiqiy Muhabbat sirlari orqli, - deb javo berdi u.
  Chol nima haqda so'zlayotganini mutlaqo anglamas edim, shunda u menga bir varaq qog'oz uzatdi. Qarasam, unda o'nta ism va telefon raqamidan lborat ro'yxat bor ekan, qog'ozdan nigohimni uzganimda, chol g'oyib bo'lgandi.
Men keksa xitoylikning qaysi xonadaligini aniqiash maqsadida mehmonxona foyesiga qaytib kirdim. Erim gaplashgan ayol hali ham navbatchilikda ekan. O'zim ko'targan mashmasha uchun undan uzr so'radim, shunda u erim yaqinroqda qanday restoranni maslahat berishini so'rab turganini aytib berdi. U menga kutilmagan sovg'a qilmoqchi bo'lib, bayram dastuixoniga taklif etish niyatida ekan! Chol haq edi. Aynan mening hadiklarim muammolarim sababchisi edi. Men undan keksa xitoylik qaysi xonadaligini aytib bera olishini so'radim, u mehmonxonada hozir xitoyliklar yo'qligini aytdi. Hatto xizmatchilar orasida ham xitoyliklar yo'q ekan!
Xonamga borsam, erim o'sha yerda ekan. Men o'z qilig'im uchun undan uzr so'radim va u mehmonxona xizmatchisi bilan faqat meni kechki ovqatga taklif etmoqchi bo'lgan restoranni surishtirish uchun so'zlashayotganini bilganimda qanchalik uyalganimni aytdim. Unga keksa xitoylik bilan uchrashganim va Haqiqiy Muhabbat sirlari to'g'risida so'zlab berdim. U nimanidir o'zgartirishimiz kerakligini, ikki yildan beri doimiy tarzda janjallashib va bahslashib yashashni davom ettirish mumkinmasligini aytdi. Shu tariqa keyingi haftada sirlar to'g'risida bilish va chol aytgan narsalarning iloji boricha aniqlash maqsadida   ro'yxatdagi odamlarga qo'ng'iroq qildim.
  Aynan nimalarni?  so'radi yigitcha.
 Har birimiz o'zgarishga layoqatli ekanimizni.
  Xo'sh, bu rostdan ham shunday ekanmi? -so'radi yigitcha.
 Albatta. Haqiqiy Muhabbatning hamma sirlari muhim, chunki ularning barchasi muhabbat yaratish va rostmana mehrli munosabatlar qurishga yordam beradilar, lekin hayotimga eng katta ta'sir ko'rsatgani... ishonch quvvati bo'ldi.
 Ishonch?  dedi yigitcha.
- Uning muhabbatga qanday aloqasi bor ekan?
- Basharti birovga ishonmasak, uni yaxshi
ko'rolmaymiz.
  Nimaga endi?  so'radi yigitcha.
  Chunki ishonchsiz biz har narsadan shubhalanaveradigan, tashvishli va o'zga odam bizga xiyonat qiladi, deb doim xavotirlanadigan bo'lib qolamiz. Bu munosabatlarimizga chidab bo'lmas bosim ko'rsatadi  bir tomon xavotirlanadi, ikkinchisi esa o'zini tuzoqqa tushgandek his qiladi.
Bir narsani esda tutmoq zarur  Haqiqiy Muhabbat sirlarini bilsangiz va hayotingizda qo'llasangiz, nikohingiz samarali bo'lish imkoni ko'p marotaba ortadi, chunki rostmana o'zaro munosabatlar yaratish uchun nima kerakligini bilasiz. Munosabatlaringizga yuz foyiz sodiq bo'lganingizdagina turmushga chiqasiz yoki uylanasiz. Basharti juftingiz bilan muloqot qilib va uni sevishingizni unga bildirib tursangiz, xavsirash, mehrsizlik yoki ishonchsizlikni his qilish mumkin emas.
  Demak, sizningcha, basharti birovga ishon-masang, munosabatlar tugashi muqarrar ekanmi?  so'radi yigitcha.
- Juda to'g'ri. Mana shu bois mabodo tanlaganingizga ishonchingiz komil bo'lmasa, o'zingizga beradigan eng muhim savollardan biri: Unga to'la va so'zsiz ishonamanmi? bo'lishi mumkin. Mabodo bunga yo'q degan javob bo'lsa, o'zingizni bu munosabatlarga bag'ishlashdan oldin ularni diqqat bilan o'rganib chiqish zarur. Va bu, albatta, har ikki tomonlama bo'lgani ma'qul, o'zga birov ham sizga to'la ishonishi kerak.
Har ikkala odamning o'zaro munosabatlarida ishonchning hayotiy muhimligini eng asosiy saboqlardan biri deb topdim. Nafaqat o'zga insonga, shuningdek, munosabatlarning o'ziga ham ishona bilish kerak.
 Bu bilan nima demoqchisiz?  so'radi yigitcha.
 Bilasizmi, ayrim kishilar munosabatlar uzilishi imkoniyati xususida tashvishlanadilar. Ular o'zlariga: Buning to'g'ri bo'lishi g'oyatda yaxshi ekan. Uning uzoq davom etishi mumkinmas,  deydilar, Hozirgi kunda shunchaki ajrashishlar ko'rsatkichi balandligi bois o'z nikohlaridan xavotirga tushib asabiylashadilar. Ular munosabatlar, hatto boshlanmasidanoq buzilishidan tashvishlanadilar.
Yigitcha qizarayotganini sezdi. U keksa xitoylikka bir necha hafta avval uchrashgan chog'ida aynan shunday degandi. U yo'talib oldi.
 Ha, ular qaysidir jihatdan haqdirlar, shunday emasmi?
  Nimada?  dedi Kuper xonim.
 Axir ajrashish ko'rsatkichi haqiqatda yuqori, shu bois samarali nikoh imkoniyatlari uncha katta emas.
 Ha, nikohning yaxshi bo'lish imkoniyatlari uning ajrashish bilan tugash imkoniyatlariga qaraganda baribir balandroq. Diqqatingizni ajrashishga yo'naltirib, siz uning ehtimolligini oshirasiz, xolos. Aynan shu sababli munosabatlarga ishonish muhimdir; shunday yashash kerakki, o't ketadimi, olamni suv bosadimi  o'zaro munosabatlar hech qachon tugamasin.
  Bu nimada yordam berishi mumkin?
  Esingizda bo'lsin, fikr va qo'rquvlar shunchaki mavjud bo'lganidan amalga oshishi mumkin. Agar siz xayolingizda muammolarni o'ylasangiz, qo'rquvlaringiz xulqingizda aks etadi, bu holatda o'zingiz muammo tug'dirasiz. Men bilan ham aynan shu hol yuz berdi. Erimga ishonmaganim tufayli
xira rashkchi bo'lib qoldim va uni o'zimdan nari itarib tashladim.
- Sizni tushunib turibman,  dedi yigitcha.
- Ko'p insonlar hayotlarida hali paydo bo'lmasidan turib, o'zlari muammolarni vujudga keltiradilar. Lekin bunday munosabat muhabbat va baxtga yordam bermaydi. Bu muammoni hal etishning yagona usuli  o'zingizga, sherigingizga va hayotingizga ishonishni o'rganish. Boshqa tomondan esa  sherigingiz sizdan gumon qilishiga asos qolmasligi uchun o'z xulqingiz bilan ishonchini oqlashingiz shu darajada muhim.
  Agar muammolar ildizi bolaligimizda bo'lsa, insonlarga ishonishni qanday o'rganish mumkin?  so'radi yigitcha.  Hoynahoy, uni davolashga yillar kerak bo'lar?
  Shart emas. Yaqinroq keling,  dedi Kuper xonim imlab, uning ketidan xonaning narigi tomoniga o'tishga taklif qildi. U yigitcha boya payqagan bezakli taxtachani ko'rsatdi. U yerda: Biz o'zgarganimizda, hayot o'zgaradi deb yozilgandi.
  Bu yozuv  men umuman uchratgan eng yorqin sitatalardan biri, chunki unda o'tmish qurboni bo'lish shart emasligi aytilgan. Har birimiz o'zgarishga qodirmiz. Qariya menga aytganidek: Kelajak xuddi o'tmish kabi bo'lishi mutlaqo shart emas.
Biz Umr kitobini o'zimiz yozajakmiz. Keyingi sahifa xuddi avvalgisi kabi bo'lishi aslo shart emas. Biz yangi bob boshlashimiz mumkin. Aynan shu Haqiqiy Muhabbat sirlari bajarishga  o'zgarishga yo'l qo'yadi! O'tmishda nimalar ro'y bergani muhim emas; munosabatlarda muammolaringiz bormi yoki haqiqiy mehrli munosabatlarni topishda qiynalayapsizmi, Haqiqiy Muhabbat sirlari ko'magida o'zgarishingiz mumkin.
O'zlarining yolg'izliklaridan butunlay ruhi tushgan va hech qachon abadiy mehrli o'zaro munosabatlarni topolmasliklarini o'ylagan juda ko'p kishilami uchratganman. O'zlarini mehrdan mosuvo, bebaxt munosabatlar girdobida qolgan kabi sezgan ko'p insonlarni bilardim. Gohida ular umidini yo'qotishardi, ko'ngli qolgan, bag'ritosh va surbet bo'lib qolishardi. Ular o'zlarini qurbonlar deb hisoblashgani bois qurbonlar ahvoliga tushardilar hamda o'zlarini uzoqlashgan va yakkalikda yoki tuzoqdagiday sezib, qachon bo'lmasin, hayotlariga g'ayri-oddiy nimadir kirishi va hammasini o'zgartirishiga umidvorlikda hayot kechirishardi. Lekin aslida hayotingizda nimanidir o'zgartira oladigan yagona inson  bu o'zingiz. Boshqa hech kim emas.
Shu tobda kirish eshigi ochilib, xonaga uzun palto kiygan keksaroq odam kirib keldi. Kuper xonim erini yigitga tanishtirdi. Qariya paltosini yechganida yigit Kuper xonim va uning erini qayerda ko'rganini to'satdan esladi.
  Endi esladim,  dedi u barmoqlarini shiqirlatib.  Bir oy burun Mark Elkin va Sonya Speydning to'yida ikkalangiz ham bo'lganmidingiz?
Kuper xonim qoshini chimirdi.
  Ha, borgandik. Nima uchun so'rayapsiz?
  Sizlarni o'sha yerda ko'rganman. Birgalikda raqs tushganingizni payqagandim. O'shanda sizlar shunchalik sevishganlardek ko'ringaningiz haqida o'ylagandim va buning siri nimadaligini bilishga qiziqqanim yodimda qolgan.
 Endi bilib oldingiz,  dedi Kuper xonim jilmayib.
  Siz ham to'yda keksa xitoylikni ko'rganmidingiz?  so'radi yigitcha.
  Keksa xitoylik Mark va Sonyaning to'yida bo'lganmidi?  xitob qildi Kuper xonim.
Uni aynan o'sha joyda uchratgandim,  dedi yigitcha.
Keyinroq oqshom payti u yozganlarini takror
o'qidi:

  Haqiqiy Muhabbatning o'ninchi siri 
ishonch quvvati.

- Ishonch haqiqiy mehrli munosabatlar uchun hayotiy muhimdir. Usiz bir odam xavfsiraydigan, tashvishlanuvchi va xatarlarga to'liq bo'lib qolsa, boshqasi esa emotsional tuzoqqa tushganday, erkin nafas olishga imkon berishmayotganday tuyuladi.
- Agar birovga to'liq ishonmasang, uni rostmana sevishning iloji yo'q.
- Shunday yo'l tutingki, sevimli kishing bilan munosabatlaring hech qachon tugamasin.
- U kishi senga to'g'ri kelishini hal qilish usullaridan biri o'zingdan: Unga to'liq ishonamanmi? deb so'rashdir.
- Agar yo'q javobi bo'lsa, zimmangizga mas'uliyat olishdan avval diqqat bilan o'ylab ko'ring.